NUR
Chiqish 6
1Shundan so‘ng Egamiz Musoga aytdi: — Fir’avnni nima qilishimni endi ko‘rasan. U qudratli kuchimni ko‘rgandan keyin, xalqim ketishiga ijozat beribgina qolmaydi, hatto xalqimni o‘z yurtidan quvlab yuboradi.
2Xudo Musoga yana dedi: — Men Egangizman.
3— Ibrohimga, Is’hoqqa va Yoqubga Men Qodir Xudo bo‘lib O‘zimni zohir qildim. Ammo ularga Men, ularning Egasi, deb tanilmagan edim.