NUR

Chiqish 32

1Muso tog‘da uzoq qolib ketdi. Xalq Musoning tog‘dan qaytib tushavermaganini ko‘rgach, Horunning yoniga yig‘ilishib, unga aytishdi: — Qani, bizga yo‘l ko‘rsatib boradigan xudo yasab ber. Bizni Misrdan olib chiqqan o‘sha odamga — Musoga nima bo‘lganini bilolmayapmiz.

2Shunda Horun odamlarga: — Xotiningizning, o‘g‘lingizning, qizingizning quloqlaridagi oltin sirg‘alarni yechib olib, menga keltiringlar, — dedi.

3Shundan keyin jamiki xalq quloqlaridagi oltin sirg‘alarni yechib, Horunga olib keldi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →