NUR

Chiqish 3

1Musoning qaynatasi — Midiyon yurtining ruhoniysi bo‘lgan Yatro edi. Muso uning qo‘y–echkilarini boqib yurardi. U qo‘y–echkilarni sahroning g‘arb tomoniga haydab, Xudoning muqaddas tog‘i Sinayga borib qoldi.

2Birdan butadagi alangada Egamizning farishtasi Musoga zohir bo‘ldi. Muso hayron bo‘ldi: buta yonardi–yu, ammo yonib tugamasdi.

3Muso: “Juda g‘alati–ku, borib, bir qaray–chi, buta nimaga yonib tugamayapti ekan”, deb o‘yladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →