NUR
Chiqish 29
1Horun bilan uning o‘g‘illari ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qiladilar. Shuning uchun ularni Menga bag‘ishlab, quyidagicha marosim o‘tkaz. Nuqsonsiz bitta buqani va ikkita qo‘chqor qo‘yni ol.
2Sifatli bug‘doy unidan qilingan xamirturushsiz nonlarni, zaytun moyi qo‘shilgan xamirturushsiz nonlarni va zaytun moyi surtilgan xamirturushsiz chalpaklarni ham pishirtir.
3Shundan keyin nonlarni savatga solib, buqa va ikkala qo‘chqor bilan birga Menga nazr qilib olib kel.