NUR
Chiqish 24
1Shundan keyin Egamiz Musoga dedi: — Sen Horunni va uning ikki o‘g‘li Nadov bilan Abihuni, Isroilning yetmishta oqsoqolini Mening huzurimga olib kelinglar. Keyin uzoqdan sajda qilinglar.
2Menga faqat sen yaqin kelgin, boshqa hech kim yaqin kelmasin. Xalq esa sizlar bilan birga chiqmasin.
3Muso kelib, Egamizning hamma amrlarini, hamma qonun–qoidalarini xalqqa aytib berdi. Xalq bir ovozdan: “Egamizning hamma aytganlarini bajaramiz”, deya javob berdi.