NUR
Chiqish 21
1Egamiz yana Musoga aytdi: “Sen ularga yetkazadigan qonun–qoidalar mana shulardir:
2Ibroniy erkagini qul qilib sotib olsangiz, u sizlarga olti yil xizmat qilsin. Yettinchi yili esa u ozod bo‘lsin, qarzi yo‘q, deb hisoblansin.
3Uni sotib olganingizda, bo‘ydoq bo‘lsa, bo‘ydoqligicha chiqib ketsin. Agar u uylangan bo‘lsa, xotini ham u bilan birga ketsin.