NUR
Chiqish 2
1O‘sha paytda Levi naslidan bir yigit bilan qiz oila qurdilar.
2Keyinchalik ayol homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di. Ayol chaqaloqning chiroyliligini ko‘rib, uni uch oy yashirib yurdi.
3Lekin ayol chaqaloqni ortiq yashirib yurolmasligiga ko‘zi yetgach, qamish savat oldi. Suv kirmasin, deb savatni qora saqich bilan suvadi. Keyin savatning ichiga chaqaloqni solib, savatni daryo bo‘yidagi qamishzor orasiga qo‘yib ketdi.