NUR
Chiqish 13
1Egamiz Musoga yana gapirdi:
2— Hamma to‘ng‘ichlarni Menga bag‘ishlanglar. Isroil xalqining hamma to‘ng‘ich o‘g‘illari va hayvonlarining birinchi erkak bolasi Menikidir.
3Shundan so‘ng Muso xalqqa shunday dedi: “Sizlar qul bo‘lgan yurt Misrdan chiqqan bugungi kuningizni eslaringizdan chiqarmanglar. Egamiz qudrati bilan sizlarni u yerdan olib chiqdi. Shuning uchun sizlar xamirturush qo‘shilgan nonni yemanglar.