NUR

Chiqish 11

1Egamiz Musoga aytgandi: “Men fir’avnning boshiga ham, Misr yurtiga ham yana bitta falokat yuboraman, o‘shandan keyingina bu yerdan ketishingizga u sizlarga ijozat beradi. Bu yurtdan o‘zi sizlarni hatto haydab chiqaradi.

2Endi Isroil xalqiga ayt: hamma erkagu ayol Misrlik qo‘shnisidan oltin, kumush taqinchoqlar so‘rab olsin.”

3Egamiz Misrliklarni shunday qildiki, ular Isroil xalqiga iltifot ko‘rsatdilar. Musoni ham Misr yurtida, fir’avnning a’yonlari, Misr xalqi ko‘z oldida g‘oyat ulug‘ qilgan edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →