NUR

Chiqish 10

1Egamiz Musoga amr berdi: — Fir’avnning huzuriga bor! Men, mo‘jizalarimni ularning orasida ko‘rsatay, deb fir’avnni va uning a’yonlari yuragini tosh qilib qo‘ydim. Misrliklarni masxara qildim, ularga mo‘jizalar ko‘rsatdim. Endi sizlar bolalaringizga, nabiralaringizga bularni aytib berasizlar, deb shu ishlarni qildim. Ana shunda Egangiz Men ekanligimni hammalaringiz bilib olasizlar.

2Muso bilan Horun fir’avnning huzuriga borib unga Egamizning shu gapini yetkazdilar: “ Ibroniylarning Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: — Sen qachongacha Menga itoat etmay yurasan?! Xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilishsin.

3Agar xalqimning ketishiga ijozat bermasang, Men ertaga yurtingga chigirtkalar yuboraman.

Nur ilovasida to'liq o'qish →