NUR
Chiqish 1
1Isroil o‘g‘illarining ismlari quyidagichadir: Ruben, Shimo‘n, Levi, Yahudo, Issaxor, Zabulun, Benyamin, Dan, Naftali, Gad, Osher. Ular Yoqub bilan birga oilalarini olib, Misrga ketgan edilar.
2O‘shanda Yoqubning avlodi hammasi bo‘lib yetmish kishidan iborat edi. Uning o‘g‘li Yusuf bu paytda Misrda yashardi.
3Vaqti–soati yetib, Yusuf, uning aka–ukalari va o‘sha avlodning hammasi olamdan o‘tib ketdi.