NUR

Ester 4

1Mordaxay yuz bergan voqeadan xabardor bo‘lgach, kiyimlarini yirtdi, qanorga o‘ranib, ustiga kul sochdi. Keyin qattiq alamli faryod ko‘tarib, shahar bo‘ylab yurdi.

2O‘sha holatda saroy darvozasiga bordi, lekin qanor kiyib saroy darvozasidan ichkariga kirish mumkin emasdi.

3Shuningdek, har bir viloyatda — shohning amru farmoni yetib borgan joylarda yahudiylar chuqur qayg‘uga botdilar, ro‘za tutib, yig‘lab nola qildilar. Ko‘pchilik qanorga o‘ranib va kulga belanib yotdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →