NUR
Efesliklarga 6
1Ey farzandlar, Rabbimiz Isoga tegishli bo‘lganingiz uchun ota –onangizga itoat qilinglar, chunki shunday qilish to‘g‘ridir.
2Axir, Xudo shunday amr qilgan: “Ota–onangizni hurmat qiling. O‘shanda yer yuzida umringiz uzoq bo‘lib, baxtiyor yashaysiz.” Birinchi marta va’da qo‘shib berilgan amr o‘sha amrdir.
3Ey otalar, farzandlaringizning g‘ashiga tegmang. Ularni Rabbimizning ta’lim–tarbiyasi bilan o‘stiringlar.