NUR

Voiz 6

1Bu dunyoda shunday bir fojiani ko‘rdim, u inson zotini toshday bosib turadi:

2Xudo ba’zilarga boylik, mulk va obro‘ beradi, bu insonlar ko‘ngli xohlagan narsaga ega bo‘ladi. Lekin Xudo ularga bu narsalardan zavq olishga yo‘l bermasa, bir begona bu narsalarning rohatini ko‘radi. Bu behuda, qayg‘uli fojiadir.

3Inson yuzta farzandli bo‘lishi ham mumkin, uzoq umr ko‘rishi ham mumkin, lekin u qancha ko‘p yashasa ham, mana shu hayotning rohatini ko‘rmasa yoki hurmat bilan ko‘milmasa, menimcha, o‘lik tug‘ilgan bolaning taqdiri unikidan yaxshiroqdir.

Nur ilovasida to'liq o'qish →