NUR
Qonunlar 4
1Endi, ey Isroil, men sizlarga farmonlar va qonun–qoidalarni o‘rgataman. Ularga rioya qilinglar. Shunda yashaysizlar, ota–bobolaringizning Xudosi — Egamiz sizlarga berayotgan yerni mulk qilib olasizlar.
2Men sizlarga aytayotgan amrlarga hech narsa qo‘shmanglar, hech narsa olib ham tashlamanglar. Men sizlarga berayotgan Egangiz Xudoning amrlariga rioya qilinglar.
3Egamiz Piyor tog‘ida nimalar qilganini o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rdingizlar. Piyordagi Baalga sajda qilgan hammani Egangiz Xudo yo‘q qilgan edi.