NUR
Qonunlar 34
1Muso Mo‘ab tekisligidan Navo tog‘ining cho‘qqisiga chiqdi. Navo tog‘i Yerixo shahrining sharqida joylashgan Fisgax tog‘ chizmasining eng baland joyi edi. U yerdan Musoga Egamiz butun o‘lkani ko‘rsatdi: shimoldagi Dan shahrigacha cho‘zilgan butun Gilad yerini,
2hamma Naftali yerlarini, Efrayim va Manashe yerlarini, O‘rta yer dengizigacha cho‘zilgan butun Yahudo yerlarini,
3Nagav cho‘li va tekislikni. Bu tekislik Zo‘var shahridan to palmalar shahri bo‘lmish Yerixogacha cho‘zilgan edi.