NUR

Qonunlar 31

1Muso butun Isroil xalqiga yuqoridagi so‘zlarni aytib bo‘lgandan keyin,

2shunday dedi: — Hozir 120 yoshdaman, men sizlarni janglarga boshlab bora olmayman. Egamiz menga: “Sen Iordanning narigi tomoniga o‘tmaysan”, deb aytgan.

3Sizlar Egangiz Xudoning boshchiligida Iordanning narigi tomoniga o‘tasizlar. Egangiz u yerda yashaydigan xalqlarni yo‘q qiladi. Sizlar ularning yurtiga egalik qilasizlar. Egamizning va’dasiga ko‘ra, Yoshua sizlarning yo‘lboshchingiz bo‘ladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →