NUR
Qonunlar 25
1Ikki kishi janjallashganda, ular hakamlar oldiga kelsin. Hakamlar da’voga qarab, ulardan birini haq, ikkinchisini nohaq, deb e’lon qilsin.
2Agar nohaq deb topilgan kishi kaltaklanishga loyiq bo‘lsa, hakam aybdorni yotqizsin. O‘z oldida aybiga ko‘ra, unga darra urdirsin.
3Aybdorga qirq darradan ortig‘i urilmasin. Aks holda birodaringiz ko‘zingiz oldida xo‘rlanadi.