NUR
Qonunlar 20
1Dushmanlaringizga qarshi urushga borganingizda, otlarni, aravalarni, o‘zingiznikidan ko‘proq bo‘lgan lashkarni ko‘rsalaringiz, ulardan qo‘rqmanglar. Chunki sizlarni Misrdan olib chiqqan Egangiz Xudo sizlar bilandir.
2Jangga kirishingizdan oldin, ruhoniy lashkarning oldiga chiqsin,
3ularga shunday desin: “Quloq sol, ey Isroil xalqi! Bugun sizlar dushmanlaringizga qarshi jangga chiqyapsizlar. Dadil bo‘linglar, qo‘rqmanglar, dushman oldida vahimaga tushmanglar.