NUR
Qonunlar 18
1Levi ruhoniylari, butun Levi qabilasi qatorida, Isroilda ulush ham, mulk ham olmaydilar. Ular Egamizga keltirilgan nazr va qurbonliklardan yeydilar.
2Birodarlari orasida ularning ulushi bo‘lmaydi. Egamiz Levi qabilasiga: “Men O‘zim sizlarning ulushingiz bo‘laman”, deb va’da bergan edi.
3Qurbonlik qilingan mol yoki qo‘yning yelka, jag‘ va ichak–chovoqlari ruhoniylarga berilsin.