NUR
Qonunlar 16
1Abib oyida Egangiz Xudoning Fisih ziyofatini nishonlanglar. Egangiz Xudo sizlarni Misrdan Abib oyida tunda olib chiqqan.
2Egamiz O‘zi ulug‘lanishi uchun tanlaydigan joyga boringlar, mol va qo‘ylaringizdan Egangiz Xudoga Fisih kurbonligini keltiringlar.
3Qurbonlik go‘shtiga xamirturushli non qo‘shib yemanglar. Sizlar Misrdan shoshilinch chiqib ketganingizda xamirturushsiz non yegan edingizlar, shuning uchun yetti kun davomida xamirturushsiz non yenglar. Bu nonni, mashaqqatli kunlarda yeyiladigan non, deb atashadi. O‘sha nonni yenglar, shunda Misrdan chiqqan kuningizni bir umr yodingizda tutasizlar.