NUR
Doniyor 11
1Midiyalik Doro hukmronligining birinchi yilida men Mikoyilga yordam berib, uni muhofaza qilib turgan edim.”
2Farishta gapida davom etib Doniyorga shunday dedi: “Endi esa men senga haqiqatni aytaman. Fors shohligida yana uchta shoh hukmronlik qiladi. To‘rtinchi shoh boshqalarga qaraganda ancha badavlat bo‘ladi. U boyligi orqali kuch orttirib, hammani Yunoniston shohligiga qarshi qo‘zg‘atadi.
3Keyin taxtga jangovar bir shoh o‘tiradi, u beqiyos bir saltanatni boshqarib, xohlagan ishini qiladi.