NUR
Doniyor 1
1Yahudo shohi Yohayiqim hukmronligining uchinchi yilida Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qo‘shin tortib kelib, shaharni qamal qildi.
2Rabbiyning irodasi bilan Navuxadnazar Yahudo shohi Yohayiqimni asirlikka olib, Xudoning uyidagi ayrim idishlarni olib chiqdi. Navuxadnazar o‘ljalarni Bobil yurtiga olib borib, idishlarni o‘z xudosining uyidagi xazinaga joylashtirdi.
3U saroyning bosh mulozimi Ashnapazga shunday buyruq bergan edi: “ Isroil xalqidan olingan asirlardan shoh va zodagonlarning oilalariga mansub bo‘lgan