NUR
Kolosaliklarga 2
1Men sizlar uchun, shuningdek, Laodikiya shahridagilar hamda shaxsan yuzimni ko‘rmagan imonlilarning hammasi uchun naqadar zo‘r g‘ayrat bilan mehnat qilayotganimni bilishingizni istayman.
2Maqsadim shuki, sizlar dadil bo‘ling, muhabbat ruhi sizlarni birlashtirsin, Otamiz Xudoning siri — Masih haqida chuqur va boy tushunchaga ega bo‘ling.
3Chunki donolik va ilmu ma’rifatning hamma xazinalari Masihda pinhondir.