NUR
Havoriylar 5
1Hananiya degan bir odam xotini Sapfira bilan kelishib, mulkidan bir qismini sotdi.
2Hananiya pulning bir qismini o‘ziga olib qoldi. Xotini bu haqda bilardi. Hananiya pulning qolganini havoriylarga olib borib berdi.
3Butrus undan so‘radi: — Hananiya, nimaga shaytonga qalbingdan joy berib, Muqaddas Ruhga yolg‘on gapirding? Yerning pulidan bir qismini olib qolding–ku!