NUR
Havoriylar 3
1Bir kuni Butrus bilan Yuhanno kunduzi soat uchlarda — ibodat vaqtida Ma’badga ketayotgan edilar.
2O‘sha paytda Ma’bad oldiga bir shol odamni olib kelishdi. Uni har kuni Ma’badning Go‘zal degan darvozasiga keltirib qo‘yishardi, u esa tilanchilik qilib, Ma’badga kelgan odamlardan sadaqa yig‘ardi.
3O‘sha odam Butrus bilan Yuhannoning kelayotganini ko‘rib, sadaqa berib ketinglar, deb yalindi.