NUR
Havoriylar 24
1Besh kun o‘tgach, oliy ruhoniy Hananiya bir necha oqsoqollar va Tertull degan bir huquqshunos bilan birga Qaysariyaga keldi. Ular Pavlusga qarshi arzlarini hokimga bayon qilmoqchi bo‘ldilar.
2Pavlusni chaqirib keltirganlaridan keyin, Tertull uni ayblay boshladi:
3— Janobi oliylari! Sizning dono rahbarligingiz ostida biz anchadan buyon tinch–xotirjam yashayapmiz, uzoqni ko‘ra bilishingiz sharofati bilan xalqimiz uchun islohotlar amalga oshirildi. Biz buni hamma joyda va har doim e’tirof etamiz, sizdan chuqur minnatdormiz.