NUR
Havoriylar 18
1Shundan keyin Pavlus Afinadan ketib, Korinfga yo‘l oldi.
2U yerda Pavlus Akil degan bir yahudiy bilan tanishdi. Akil Pontusda tug‘ilgan bo‘lib, xotini Priskilla bilan Italiyadan yaqinda kelgan ekan. Chunki Qaysar Klavdiy, hamma yahudiylar Rimdan chiqib ketsin, deb farmon bergan edi. Pavlus ularni ko‘rgani bordi.
3Ular hamkasb — chodir tikuvchilik bilan shug‘ullanganlari uchun, Pavlus ularnikida qolib, ishladi.