NUR

Havoriylar 13

1Antioxiyadagi imonlilar jamoatida payg‘ambarlar va muallimlar ham bor edi. Barnabo, Qoracha laqabli Shimo‘n, Kirineyalik Lukis, hukmdor Hirod bilan birga o‘sgan Manohim va Shoul shular jumlasidan edi.

2Ular Egamizga sajda qilib, ro‘za tutar ekanlar, Muqaddas Ruh ularga shunday dedi: “Barnabo bilan Shoulni Menga bag‘ishlanglar, toki ular Men tayinlagan ishni bajarsinlar.”

3Ular ro‘za tutib, ibodat qildilar, so‘ng qo‘llarini Barnabo bilan Shoulga qo‘yib, ikkovini safarga jo‘natdilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →