NUR

Havoriylar 1

1Ey Teofil, birinchi kitobimda Iso faoliyatining boshidan to oxirigacha qilgan va o‘rgatgan hamma ishlari to‘g‘risida yozgandim.

2U osmonga ko‘tarilmasdan oldin, Muqaddas Ruh kuchi orqali O‘zi tanlagan havoriylarga ko‘rsatmalar bergan edi.

3Iso azob chekib o‘lgandan keyin, bir qancha ishonchli dalillar orqali havoriylarga tirilganini ko‘rsatdi. Qirq kun davomida ularga zohir bo‘lib, Xudoning Shohligi to‘g‘risida gapirdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →