NUR

2 Timo'tiyga 1

1Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi bo‘lgan men — Pavlusdan sevimli o‘g‘lim Timo‘tiyga salom! Xudo abadiy hayotni e’lon qilishim uchun meni yubordi. U va’da qilgan bu hayotga Iso Masihga bo‘lgan imon orqali erishiladi. O‘g‘lim Timo‘tiy, senga Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih inoyat, marhamat va tinchlik ato qilsin.

2Timo‘tiy, boringga shukr! Men ota –bobolarim kabi, Xudoga vijdonan xizmat qilib, kechayu kunduz sen uchun ibodat qilaman.

3Seni juda sog‘inganman, ko‘z yosh to‘kkanlaring hamon yodimda. Qaniydi, diydoringni ko‘rsamu qalbim quvonchga to‘lsa, deyman.

Nur ilovasida to'liq o'qish →