NUR

2 Salonikaliklarga 3

1Ey birodarlar, xatimiz ham nihoyasiga yetib qoldi. Biz uchun ibodat qilinglar, xuddi sizlarning orangizda bo‘lgani kabi Rabbimiz Iso haqidagi Xushxabar tarqalaversin va izzat–hurmat bilan qabul qilinsin.

2Xudo bizni yovuz va yomon odamlardan qutqarishi uchun ham ibodat qilinglar, chunki hamma ham imonli emas.

3Ammo Rabbimiz Iso sadoqatlidir. U sizlarni kuchga to‘ldirib, yovuz shaytondan himoya qiladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →