NUR
2 Shohlar 9
1Bir kuni Dovud: — Shoul xonadonidan biror odam qoldimi? — deb so‘radi. — Agar bo‘lsa, Yo‘natanning haqi–hurmati unga yaxshilik qilayin.
2Shoul xonadonida Zibax degan bir xizmatkor bor edi. Uni Dovudning huzuriga chaqirib kelishdi. — Senmisan, Zibax? — deb so‘radi shoh. — Ha, janobi oliylari, menman, — dedi Zibax.
3— Shoul xonadonidan birorta odam qolganmi? — deb so‘radi shoh. — Unga Xudoning inoyatini ko‘rsatayin. — Yo‘natanning bir o‘g‘li bor, uning ikkala oyog‘i ham cho‘loq, — dedi Zibax.