NUR

2 Shohlar 8

1Birmuncha vaqt o‘tgach, Dovud yana Filistlarga hujum qilib, ularni mag‘lub qildi va Matex–Ommoh shahrini Filistlardan tortib oldi.

2So‘ng Mo‘ab xalqini ham mag‘lub qildi. Asirlarni yerga qator qilib yotqizib, qatorni arqon bilan o‘lchay boshladi. Bir o‘lchab, tirik qoldirdi, ikki o‘lchab o‘ldirdi. Shunday qilib, tirik qolgan Mo‘ab xalqi Dovudga qul bo‘lib, o‘lpon to‘laydigan bo‘lishdi.

3Zo‘vo shohi Hadadzar o‘z shohligini boshqatdan o‘rnatmoqchi bo‘lib Furot daryosi bo‘ylariga yurish qilgan edi. Dovud uni ham tor–mor qildi. Hadadzar Rexob deganning o‘g‘li edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →