NUR

2 Shohlar 5

1Jamiki Isroil qabilalari Xevronga — Dovudning huzuriga kelib shunday deyishdi: — Biz ham sizning jigaringizmiz.

2Ilgari Shoul shohimiz bo‘lganda ham, urushlarda Isroil lashkariga o‘zingiz bosh bo‘lar edingiz. Egamiz sizga: “Sen xalqim Isroilning cho‘poni bo‘lib, ularni boqasan, Isroilga sen rahnamolik qilasan”, deb va’da bergan edi.

3Shunday qilib, Dovud Xevronda Isroil oqsoqollari bilan Egamiz oldida ahd qildi. Isroil oqsoqollari Dovudning boshiga moy surtib, uni Isroil ustidan shoh qilib ko‘tarishdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →