NUR

2 Shohlar 4

1Ishbosit Abnurning Xevronda o‘ldirilganini eshitdi–yu, bo‘shashib qoldi. Butun Isroil xalqi vahimaga tushdi.

2Ishbositning xizmatida Banax va Raxav degan ikkita odam bor edi, ular bosqinchi to‘dalar sardori edilar. O‘zlari Bero‘t shahridan bo‘lib, Benyamin qabilasidan Rimmon deganning o‘g‘illari edi. Bero‘t shahri u vaqtda Benyamin hududiga kirardi.

3Bero‘t aholisi Gitayim shahriga qochib ketgan edi. O‘shandan buyon ular kelgindi bo‘lib o‘sha yerda yashaydilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →