NUR
2 Shohlar 16
1Dovud Zaytun tog‘ining narigi tomoniga oshib o‘tayotganda, Mefibositning xizmatkori Zibaxga duch kelib qoldi. Zibax egarlangan ikkita eshak ustiga ikki yuzta non, yuz hovuch mayiz, yuz hovuch ho‘l meva va bir mesh sharob yuklab olgan edi.
2— Bularni nimaga olib kelding? — deb so‘radi shoh Zibaxdan. — Eshaklarni shohning xonadoni ahli minadi, non bilan ho‘l mevalarni yigitlar yeydi, sharobni esa sahroda toliqib sulayib qolganlar ichadi, — deb javob berdi Zibax.
3— Xo‘jayiningning nabirasi qayerda? — so‘radi Dovud. — Mefibosit Quddusda qoldi, — dedi Zibax. — Isroil xalqi bugun bobomning shohligini menga qaytarib beradi, deb o‘ylayapti u.