NUR

2 Shohlar 11

1Bahor boshlanib, shohlar urushga ketadigan payt ham bo‘ldi. Dovud lashkarboshilariga va butun Isroil qo‘shiniga Yo‘abni bosh qilib, urushga yubordi. Ular Ommon lashkarini yakson qilib, Rabba shahrini qamal qilishdi. Dovudning o‘zi Quddusda qolgan edi.

2Bir kuni oqshom payti Dovud yotog‘idan chiqdi–da, saroy tomiga ko‘tarilib shaharni tomosha qila boshladi. Birdan cho‘milayotgan bir ayolni ko‘rib qoldi. Ayol juda go‘zal edi.

3Dovud bittasiga: — Borib bil–chi, u kim ekan, — deb jo‘natdi. O‘sha odam qaytib kelib: — U ayol Eliyomning qizi, Xet xalqidan bo‘lgan Uriyoning xotini, ismi Botsheva ekan, — dedi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →