NUR

2 Shohlar 10

1Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, Ommon shohi Naxosh olamdan o‘tib, o‘rniga o‘g‘li Xanun shoh bo‘ldi.

2Dovud: “Naxosh menga sodiq edi, men ham uning o‘g‘li Xanunga sodiq bo‘layin”, deb ko‘nglidan o‘tkazdi. Shunday qilib, otasi vafoti munosabati bilan tasalli berish uchun Dovud o‘z elchilarini uning huzuriga jo‘natdi. Dovudning elchilari Ommon yurtiga borgach,

3Ommon beklari o‘zlarining shohi Xanunga shunday deb o‘rgatishdi: “Dovud bu odamlarini otangiz hurmati uchun jo‘natgan, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, Dovud elchilarini sizning huzuringizga yomon niyat bilan yuborgan, u shaharni kuzatib, tekshirib, keyin qo‘lga kiritmoqchi.”

Nur ilovasida to'liq o'qish →