NUR

4 Shohlar 5

1Oram shohining No‘mon degan lashkarboshisi bor edi. Xo‘jayini uni juda ulug‘lar va hurmat qilar edi, chunki Egamiz No‘mon orqali Oramga g‘alaba ato qilardi. No‘mon juda dovyurak jangchi edi–yu, lekin teri kasalligiga chalingan edi.

2Oram lashkarlari Isroil yurtiga bostirib borganlarida, kichkina qizchani asir qilib olib ketgan edilar. Qizcha No‘monning xotiniga cho‘rilik qilardi.

3Qizcha bir kuni bekasiga aytib qoldi: — Agar to‘ram Samariyadagi payg‘ambar huzuriga borganlarida edi, o‘sha payg‘ambar to‘ramga shifo bergan bo‘lardi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →