NUR
4 Shohlar 24
1Yahudo shohi Yohayiqim hukmdorligi davrida Bobil shohi Navuxadnazar Yahudoga hujum qildi. Yohayiqim uch yil uning hukmronligi ostida bo‘ldi. Oxiri u Navuxadnazarga qarshi isyon ko‘tardi.
2Egamiz O‘z qullari payg‘ambarlar orqali aytganiga ko‘ra, Yahudo xalqiga qarshi Bobil, Oram, Mo‘ab va Ommon bosqinchi to‘dalarini yuborib, bu yurt xalqini yo‘q qilmoqchi bo‘ldi.
3Egamizning amri bilan Yahudo xalqining boshiga ko‘p kulfat keldi. Manashe qilgan hamma gunohlar uchun, beayblarning qonini to‘kkani uchun, Egamiz Yahudo xalqini O‘z huzuridan haydamoqchi bo‘ldi. Manashe Quddusni beayblarning qoniga botirgan edi. Egamiz Manasheni bu qilmishi uchun kechirmoqchi emasdi.