NUR
4 Shohlar 23
1Shoh Yo‘shiyo xabar berib, Yahudo va Quddusning hamma oqsoqollarini huzuriga to‘pladi.
2Jamiki Yahudo xalqi va Quddus aholisi, ruhoniylar, payg‘ambarlar, zodagonlaru avom xalq shoh boshchiligida Egamizning uyiga bordi. Shoh Egamizning uyidan topilgan Ahd kitobini boshidan oxirigacha ularning oldida o‘qidi.
3Shoh Egamizning uyi eshigi oldidagi ustun yonida turib: “Egamiz ko‘rsatgan yo‘ldan yuraman, amrlariga itoat etaman, shartlariga, farmonlariga butun qalbim bilan, jonu dilim bilan quloq solaman, bu kitobda yozilgan ahd so‘zlarini ado etaman”, deb Egamiz bilan qayta ahd qildi. Butun xalq bu ahdga qo‘shildi.