NUR
4 Shohlar 22
1Yo‘shiyo sakkiz yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘ttiz bir yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Yodido bo‘lib, Bozxatlik Odayoning qizi edi.
2Yo‘shiyo Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi. O‘ngga ham, chapga ham og‘masdan, bobosi Dovudning yo‘lidan yurdi.
3Yo‘shiyoning Shofon degan kotibi bor edi. Shofon Mashullom degan odamning nabirasi, Ozaliyo deganning o‘g‘li edi. Yo‘shiyo o‘z shohligining o‘n sakkizinchi yilida Shofonni Egamizning uyiga yuborayotib, unga shu gaplarni aytdi: