NUR

4 Shohlar 20

1O‘sha kunlari Hizqiyo qattiq kasal bo‘lib qoldi. Ishayo payg‘ambar uning huzuriga kelib, shunday dedi: “ Egamiz shunday aytmoqda: ‘Tayyorgarligingni ko‘rib qo‘yaver, tuzalmaysan endi, o‘lasan.’”

2Hizqiyo yuzini devorga burib, Egamizga yolvordi:

3“Ey, Egam! Chin qalbimdan Senga sodiq bo‘lib, yo‘llaringdan yurganimni va oldingda to‘g‘ri ishlar qilganimni esla.” Shunday deb achchiq–achchiq yig‘ladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →