NUR
4 Shohlar 19
1Shoh Hizqiyo yuz bergan voqealarni eshitgach, qayg‘udan liboslarini yirtib, qanorga o‘ranib, Egamizning uyiga bordi.
2Bosh vazir Eliyaqimni, kotib Shavnani va oqsoqol ruhoniylarni Omiz o‘g‘li Ishayo payg‘ambar huzuriga yubordi. Hammalari qanorga o‘ranib olgan edilar.
3Ular Ishayoning huzuriga borib, shunday dedilar: — Hizqiyo aytyaptiki: “Bugun jafo chekyapmiz, jazo olyapmiz, sharmanda bo‘lyapmiz. Biz ko‘zi yoriyotgan, lekin tug‘ish uchun madori qolmagan ayolga o‘xshaymiz.