NUR
4 Shohlar 17
1Yahudo shohi Oxoz hukmronlik qilayotganiga o‘n ikki yil bo‘lganda, Xo‘sheya Samariyada Isroil shohi bo‘ldi va to‘qqiz yil hukmdorlik qildi. Xo‘sheya Eloxning o‘g‘li edi.
2U Egamiz oldida qabih ishlar qilgan bo‘lsa ham, o‘zidan oldin o‘tgan Isroil shohlari qadar emasdi.
3Ossuriya shohi Shalmanasar Xo‘sheyaga qarshi urush ochdi. Xo‘sheya taslim bo‘lib, Shalmanasarga o‘lpon to‘lay boshladi.