NUR

2 Korinfliklarga 4

1Biz Xudoning marhamati bilan yangi ahdning xizmatkorlari bo‘lganimiz uchun tushkunlikka tushmaymiz.

2Aksincha, sirli va uyatli ishlar qilishdan, makr–hiyla ishlatishdan bosh tortib, Xudoning kalomini buzmay gapiramiz. Haqiqatni ochiq–oydin aytib, Xudoning huzurida o‘zimizni boshqa odamlarning hukmiga topshiramiz.

3Xushxabarimiz sirli, to‘siq parda ortida turganday bo‘lib tuyulsa, u halok bo‘ladiganlar uchun shunday tuyuladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →