NUR
2 Korinfliklarga 3
1Yana o‘zimizga o‘zimiz tavsiya beryapmizmi? Yoki ba’zilarga kerak bo‘lganday, sizlarga tavsiyanomalar ko‘rsatishimiz kerakmi yoki sizlardan bizga tavsiyanomalar kerakmi?
2Axir, yuragimizga yozilgan tavsiyanomamiz sizlarning o‘zingiz–ku! Bu hammaga ayon, uni hamma o‘qiy oladi.
3Ochiq ko‘rinib turibdiki, bizning xizmatimiz tufayli yozilgan Masihning maktubi sizlarsiz. Bu maktub siyoh bilan emas, balki barhayot Xudoning Ruhi orqali yozilgan, tosh lavhalarga emas, balki inson qalbining lavhalariga yozilgandir.