NUR
2 Korinfliklarga 12
1Maqtanishning hech foydasi yo‘q, ammo baribir maqtanishim kerak. Endi Egamiz ayon qiladigan vahiylarga kelsak,
2Masihga qarashli bir odamni bilaman. O‘n to‘rt yil oldin o‘sha odam yerdan arshi–a’loga ko‘tarildi. Badanda edimi yoki badandan tashqarida edimi, bilmayman, Xudo biladi.
3Shuni bilamanki, badandami yoki badandan tashqaridami, men emas, Xudo biladi, o‘sha odam jannatga ko‘tarilganda insonning tili ta’riflashga ojiz bo‘lgan so‘zlarni eshitdi. Bunday so‘zlarni inson tilga olmasligi kerak.