NUR
2 Solnomalar 9
1Shava malikasi Sulaymonning dong‘ini eshitgach, Quddusga keldi. U Sulaymonga topishmoqlar aytib sinab ko‘rmoqchi edi. Malika o‘zi bilan juda ko‘p miqdorda oltin va qimmatbaho toshlar, xushbo‘y ziravorlar yuklangan katta karvonni boshlab kelgan edi. Malika Sulaymonning huzuriga kirgach, ko‘nglida nima bo‘lsa, hammasini unga aytdi.
2Sulaymon malikaning hamma savollariga javob berdi, malikaning birorta savoliga javob berishda qiynalmadi.
3Shava malikasi Sulaymonning donoligini, u qurgan saroyni,